» » O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlar kredit to‘lovlarini kechiktirishda faqat murojaatnomaning o‘zi yetarliligi aytildi

O‘zbekistonda aholi va tadbirkorlar kredit to‘lovlarini kechiktirishda faqat murojaatnomaning o‘zi yetarliligi aytildi


O‘zbekiston Markaziy banki kredit tashkilotlariga aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan kredit to‘lovlari muddatlarini uzaytirishda faqat murojaatnoma taqdim etish bilan cheklanishni tavsiya etmoqda.

Murojaatnomada kredit to‘lovlarini uzaytirish yuzasidan asoslantirilgan izoh va karantin davri yakunlangandan so‘ng kredit tashkiloti tomonidan belgilangan muddat ichida kredit shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish yuzasidan qarzdorning majburiyati qayd etilishi lozim.

Ta’kidlanishicha, karantin davri tugagandan so‘ng belgilangan muddat ichida qo‘shimcha hujjatlarni qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilmagan taqdirda kredit shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlar kredit tashkiloti tomonidan bekor qilinadi va dastlabki shartnoma shartlari kuchga kiradi.

Shuningdek, xabarda aytilishicha, bugungi kunda tijorat banklari tomonidan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimlari yaratilmoqda. Ushbu masofaviy xizmatlar to‘g‘risida banklarning veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trillion so‘m ajratildi. Koronavirus sababli zarar ko‘radigan sohalardagi korxonalarning kredit muddatlarini uzaytirish, turistik yig‘imlar undirishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Avvalroq Karantin sababli ba’zi jismoniy shaxslar va YaTTlarning kredit to‘lovlarini qaytarishida 1-oktabrgacha imtiyozli davr berilishi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют