» » Umid va ishonch hikoyasi. Ispan grippidan va jahon urushidan omon chiqqan 101 yoshli italiyalik otaxon koronavirusni ham yengdi

Umid va ishonch hikoyasi. Ispan grippidan va jahon urushidan omon chiqqan 101 yoshli italiyalik otaxon koronavirusni ham yengdi


Italiyalik otaxon butun dunyoni larzaga keltirgan Ispan grippi pandemiyasi eng avjiga chiqqan chog‘da, 1919-yilda tug‘ilgan. Hozirda u 101 yoshda. Rasmiy statistikaga ko‘ra, endilikda u COVID-19 koronavirusi yuqishidan tuzalib chiqqan dunyodagi eng keksa odamga aylandi.

Ikkinchi jahon urushini ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, unda ishtirok etgan qahramonimizning aniq ism-sharifi OAVlarda to‘liq aytilmayapti. Faqat uning Rimini shahridan ekani ochiqlangan xolos va qaydnomalarda u haqida “janob P” deb gapirilmoqda. U yetti kun avval COVID-19’ga test topshirgan va test natijasi uning uchun musbat ko‘rsatkich berib, koronavirus yuqtirgani tasdiqlangan.

Shundan so‘ng u Ospedale Infermi di Rimini kasalxonasiga yotqizildi. Rimini 1918-yilgi Ispan grippi pandemiyasida ham katta jabr ko‘rgan shahar bo‘lib, “janob P” 101 yil avvalgi o‘sha pandemiyadan omon chiqqan baxtli odamlardan biridir. O‘shanda, Ispan grippi pandemiyasi tufayli 600 ming italiyalik vafot etgan edi. COVID-19 ham Italiyaga juda katta talafot yetkazmoqda. Lekin “janob P” bu safar ham pandemik kasallikdan tuzalib chiqdi.

Italiyadan kelayotgan xabarlar tobora qo‘rqinchli tus olyapti. U yerda har kuni bir necha yuzlab kasallar COVID-19 tufayli vafot etmoqda. Va kasallik, asosan, 65 yoshdan yuqori bemorlarning o‘limiga sabab bo‘layotgani uchun Italiyada keksa bemorlarni hatto kasalxonaga qabul qilmaslikkacha borishga majbur bo‘lishgan.

“Janob P” ham koronavirus tashxisi bilan kasalxonaga tushganda tibbiyot xodimlari unga nisbatan anchayin umidsiz edi. Lekin Rimini shahar vitse-meri Gloriya Lizi bu haqida hayrat bilan aytishicha, “bemor juda tez sog‘aya boshlagan va bu hammaning og‘ziga tushgan yaxshi yangilikka aylangan”. U yana “100 yoshdan oshgan odamning ham ushbu kasaldan tuzalgani, hammaga umid baxsh etdi”, – deb qo‘shimcha qildi.

“Janob P” sog‘ayishi bilan kasalxonadan uyga javob berildi. Uning oilasi uyga olib ketar ekan, hatto 101 yoshda ham kelajakka umid qilish kerakligini go‘yoki hammaga ko‘rsatib qo‘ydi. U buni uddaladi”, – dedi yana Gloriya Lizi.

Albatta, umidning o‘zi bilan ish bitmaydi. Ayniqsa, atrof to‘la dahshatli manzara bo‘lgan bugungi Italiya uchun. Biroq to‘liq ismi sir qolayotgan “janob P”ning misolidagi ushbu hikoya hozirgi tahlikali sharoitda Italiyada ko‘pchilikka ozgina bo‘lsa-da dalda beruvchi, ijobiy va hayratlanarli xabar o‘laroq paydo bo‘ldi.

U bilan ro‘y bergan vaziyatni ko‘pchilik favqulodda kamyob hodisa deb baholashi mumkin. Shunga qaramay, bu hikoya – umid va ishonch hikoyasidir. U eng rutubatli va qo‘rqinchli pandemiya bo‘lib turgan bugungi murakkab davrda ham odamzot sizni hayratlantira olishiga va ko‘rinmas dushmanni yaqin orada albatta yengib chiqishimizga ishonch bag‘ishlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют