» » Dastin Porye Habib o‘rniga Toni bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Dastin Porye Habib o‘rniga Toni bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi


Yengil vazn toifasi vakili Dastin Porye UFC 249 kechasida Habib Nurmagomedov o‘rniga Toni Fergyuson bilan jang qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Tayyorgarlik uchun noqulay palla, biroq eng yaxshilar qatorida ekanimni isbotlash uchun istalgan imkoniyatga tirmashishga tayyorman.

Toniga qarshi jang qilishga tayyor ekanim borasida UFC rahbarlarini ogohlantirdim”, — deydi Porye.

Avvalroq Habib va Toni o‘rtasidagi 18-aprel kuniga mo‘ljallangan jang bekor qilinishi mumkinligi xabar qilingandi. Biroq UFC prezidenti Deyna Uayt ushbu jang o‘z vaqtida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov 2019-yilning sentabr oyida Poryega qarshi jang qilgan va uchinchi raundda bo‘g‘ish usulini qo‘llagan holda g‘alabaga erishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-03-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют