» » Amerikalik milliarder karantinni dunyodagi eng katta shaxsiy yaxtada o‘tkazmoqda

Amerikalik milliarder karantinni dunyodagi eng katta shaxsiy yaxtada o‘tkazmoqda


Amerikalik prodyuser va milliarder Devid Geffen koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantinni hashamatli Rising Sun yaxtasida o‘tkazayotgani bilan maqtandi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Milliarder Instagram’dagi sahifasida yaxta suratlari bilan bo‘lishdi.

“Karantinni Grenadinada o‘tkazyapman. Umid qilamanki, hammaning xavfsizligi ta’minlangan”, — deb yozadi milliarder.

Geffen karantinni o‘tkazayotgan kema dunyodagi eng yirik yaxta hisoblanadi. Uning uzunligi 138 metr.

200 million dollarlik besh qavatli yaxta 2004-yilda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi Oracle kompaniyasi asoschisi Larri Ellisonning buyurtmasiga binoan qurilgan.

Yaxtada vertolyot qo‘nishi mumkin bo‘lgan basketbol maydoni, kinoteatr, trenajyor zali, spa va lift bor.

Mavzuga doir: Shveysariyada boylarga karantin uchun hashamatli kvartiralar taklif etilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют