» » Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etildi

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etildi


Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov mamalakat bosh vaziri o‘rinbosari Oltinoy Omurbekova va sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cho‘lponboyevni o‘z lavozimlaridan ozod etdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti saytida ma’lum qilindi.

Ikki mansabdorning nima sababdan egallab turgan lavozimidan ozod qilingani haqida ma’lumot berilmagan. Biroq 31-mart kuni bo‘lib o‘tgan xavfsizlik kengashining yig‘ilishida Jeenbekov mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha respublika shtabini keskin tanqid qilgan. Bunga kasallanganlar va ular bilan aloqada bo‘lganlarni aniqlash bo‘yicha ishlarning samarador emasligi va boshqa kamchiliklar sabab bo‘lgan.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra, mamlakat bosh vaziriga koronavirusga qarshi samarasiz kurashayotgan mansabdorlarga chora ko‘rish haqida topshiriq berilgan.

Ayni paytda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 107 kishiga yetgan. Mamlakatning butun hududi bo‘ylab favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Mamlakat poytaxti Bishkek va boshqa hududlarda koronavirus sabab bir qator taqiqlar qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют