» » Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari etib To‘lqinbek Abdigulov tayinlandi

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari etib To‘lqinbek Abdigulov tayinlandi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev To‘lqinbek Abdigulovni respublika bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinladi, deb yozadi “TASS” Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib.

Bungacha Abdigulov bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bir necha kun avval uning lavozimini pasaytirish haqidagi taklifni mamlakat vazirlar mahkamasi rahbari Sapar Isakov milliy parlamentga yo‘naltirgan edi, 22-noyabr kuni deputatlar bosh vazir tashabbusini ma’qulladi.

Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimi hozircha bo‘sh bo‘lib qolmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют