» » JSST koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatdi

JSST koronavirusdan tuzalganlar sonini e’lon qilishni to‘xtatdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti butun dunyoda koronavirusdan tuzalgan kishilar sonini e’lon qilishni to‘xtatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

JSST vakili Tarik Yazarevichning ma’lum qilishicha, ko‘p davlatlar kasallikdan tuzalganlar haqidagi ma’lumotlarni uzatishda tizimlilikka rioya qilmayotgani sababli shunday qaror qabul qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoydan tashqarida kasallikdan tuzalish holatlari haqida turli manbalardan rasmiy tasdiqlangan yagona ma’lumot olishning imkoni bo‘lmayapti. Barcha davlatlar ham ushbu ma’lumotlarni tashkilotga tizimli tarzda taqdim eta olmayapti.

JSST vakilining qayd etishicha, koronavirusga nisbatan immunitet ishlab chiqilayotgani borasida epidemiologik ma’lumotlarni ko‘proq olish, shuningdek, bemorlarning kasallikdan to‘liq xalos bo‘lganini aniqlovchi usullarni topish kerak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus yuqtirib olganlarning soni 884 mingdan oshgan, 185 mingdan ortiq kishi tuzalgan, 44 mingdan ziyod bemor vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, BMT bosh kotibi koronavirusga qarshi kurashish uchun jahon YaIMining 10 foizi miqdorida pul chop etishni taklif qildi. Oq uy ekspertlari koronavirus oqibatida 2,2 million amerikalik vafot etishi mumkinligini taxmin qilmoqda. O‘tgan bir sutka ichida AQShda koronavirus oqibatida 700 dan ortiq odam vafot etgan bo‘lsa, Xitoyda bu ko‘rsatkich yetti kishini tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют