» » Dron orqali tanishuv va pufak ichidagi uchrashuv. Karantindagi yigit qo‘shni qiz bilan tanishishning noodatiy usulini topdi (video)

Dron orqali tanishuv va pufak ichidagi uchrashuv. Karantindagi yigit qo‘shni qiz bilan tanishishning noodatiy usulini topdi (video)


AQShning Nyu-York shtatida yashovchi fotograf koronavirus tufayli e’lon qilingan karantin paytida qo‘shni qiz bilan tanishishning noodatiy usulini o‘ylab topdi, deb yozadi Metro.

28 yoshli Jeremi Koen o‘z uyi derazasidan bo‘shab qolgan Nyu-York ko‘chalarini suratga olayotganida tomda raqsga tushayotgan qizga ko‘zi tushdi.

Yigit qog‘oz olib unga telefon raqamini va tanishish taklifini yozib, dron orqali qizga yetkazdi. Shundan so‘ng 24 yoshli Tori ismli qiz unga “Salom, bu tomdagi qiz!” deb SMS yozdi.

Fotograf Torining xonadoshidan masofaviy uchrashuv tashkillashtirishda yordam so‘radi. U o‘z balkonida kichik stol bezatib, Torining tomiga ham xuddi shunday stol qo‘yib berishni so‘radi. Yigit va qiz video aloqa orqali bog‘lanib, tez til topishib ketdi.

Shundan so‘ng Koen qizni haqiqiy uchrashuvga taklif qildi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda yigit katta shishirilgan shaffof pufak ichida uchrashuvga keldi.

“Pufak bizning ikkinchi uchrashuvimiz uchun ayni muddao ekanligini bilgandim. Qiz rostdan ham hayratda qoldi”, — deydi Koen hazil aralash.

Haqiqiy jentlmenlardek Koen Tori uchun guldasta sotib oldi, yoniga antiseptik ham qo‘shdi. Biroq pufak tufayli u qizga olingan sovg‘alarni bera olmadi.

“Biz sayr vaqtida gaplashishga qiynaldik, lekin rosa kuldik”, — deydi fotograf.

Koen qiz bilan tanishish tarixi va uchrashuvlarini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib bordi. Roliklar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga manzur bo‘ldi.

“Umid qilamanki, biz u bilan tez orada yana ko‘rishamiz”, — deb yozadi Koen.

Mavzuga doir: Nyu-Yorkda qo‘shni yashovchi yigit va qiz karantin hamda oq mushuk tufayli tanishib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 39) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют