» » Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan shifokor va hamshirani tug‘ilgan kuni bilan shaxsan vazir tabrikladi

Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan shifokor va hamshirani tug‘ilgan kuni bilan shaxsan vazir tabrikladi


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirusga chalingan bemorlarga g‘amxo‘rlik qilayotgan bo‘lim boshlig‘i shifokor Malika Nizomxo‘jayeva va bo‘lim katta hamshirasi Dildora Imomxo‘jayeva 1-aprel kuni tavallud kunlarini nishonladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, ularni barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda tashrif buyurgan O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning shaxsan o‘zi tabriklagan.

“Sog‘ayib ketganlarni kuzatish chog‘ida vazirimiz bizning ham tug‘ilgan kunimizni hisobga olganlari kutilmagan hol bo‘ldi. Sovg‘alar topshirib, ko‘nglimizni ko‘tardilar. Bemorlar tuzalib ketgan bir paytda bo‘lgan e’tibor tufayli kasbimdan juda g‘ururlandim. Ilohim, hamma bemorlarimiz ham sog‘ayib, uylariga qaytishsin”, — dedi shifokor Malika Nizomxo‘jayeva.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2-aprel Toshkent vaqti bilan soat 9:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar soni 187 nafarni tashkil etmoqda (hozirda ularning 90 nafari Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda), 12 kishi sog‘aygan, ikki bemor vafot etgan. Yaqin vaqt ichida yana 10 ga yaqin bemorning sog‘ayishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют