» » Virusologiya instituti bo‘lim boshlig‘i: Bizni eng quvontiradigani — koronavirusga chalingan bemorlarning “rahmat”, “bugun ancha yaxshiman” degan so‘zlari

Virusologiya instituti bo‘lim boshlig‘i: Bizni eng quvontiradigani — koronavirusga chalingan bemorlarning “rahmat”, “bugun ancha yaxshiman” degan so‘zlari


Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida bemorlarni davolash va shifokorlarning to‘laqonli faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratilgan, tor soha mutaxassislari bilan doimiy telemuloqotlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda institut bo‘lim boshlig‘i Ollobergan Boyjonov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Hozirda Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida pulmonologiya, kardiologiya, endokrinologiya va boshqa shu kabi tor soha yo‘nalishlaridagi mutaxassislar bilan telemuloqot shaklida kasalliklar bo‘yicha doimiy maslahatlashib ish olib boryapmiz.

Klinikamizda barcha sharoitlar yaratilgan, dori-darmon, zamonaviy texnologik tekshirish va davolash usullari qo‘llaniladigan tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlangan. Bundan tashqari, bir marta ishlatiladigan barcha tibbiy jihozlar ham yetarli miqdorda.

Prezidentimiz tibbiyot xodimlarining qilayotgan mehnatlarini yuqori baholaganliklari, xalqimiz bizni qo‘llab-quvvatlab, olqishlayotgani madad bo‘lmoqda. Shifokorlar, umuman tibbiyot xodimlarini quvontiradigani — infeksiyaga chalingan bemorlarning “rahmat”, “bugun ancha yaxshiman” degan so‘zlari. Bu so‘zlar charchog‘imizni chiqarib, kuchimizga kuch, g‘ayrat qo‘shmoqda.

Ollobergan Boyjonov, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti bo‘limi boshlig‘i

Ma’lumot uchun, 2-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni jami 190 nafarga yetgan, 12 nafar kishi sog‘aygan (yaqin vaqt ichida yana 10 ga yaqin kishi sog‘ayishi kutilmoqda). Mamlakatda koronavirus tarqalishi boshlanganidan buyon ikki kishi kasallik qurboniga aylandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantinning qachon tugashi noma’lum ekanligi aytildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют