» » AQSh davlat departamenti amerikaliklarni hojatxona qog‘ozlarini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirdi

AQSh davlat departamenti amerikaliklarni hojatxona qog‘ozlarini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirdi


AQSh davlat departamenti vakili Morgan Ortagus amerikaliklarni koronavirus sharoitida hojatxona qog‘ozini yoppasiga sotib olmaslikka chaqirdi. Bu haqdagi videomurojaatnomani u o‘zining Twitter’iga joyladi.

“Amerika, hojatxona qog‘ozi bilan sal sekinroq-ey!”, — degan u murojaatida.

Stay well by following these steps: 1. Clean your hands often. 2. Avoid contact with people who are sick. 3. Stay home if you’re sick or coming from a high-risk area. 4. Cover your coughs and sneezes. 5. Wear a face mask if you’re sick. 6. Disinfect surfaces daily. pic.twitter.com/QcN4N2A95x

— Morgan Ortagus (@statedeptspox) April 1, 2020

Bundan tashqari, davlat departamenti vakili qo‘llarni tez-tez yuvib turishni, kasal odamlar bilan aloqa qilmaslikni, betob bo‘lganda uyda qolishni, kasal bo‘lganda tibbiy niqoblar taqishni va buyumlar ustini muntazam dezinfeksiyalab turishni maslahat bergan.

Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Ayni paytda kasallanganlar soni 216 mingdan oshib ketdi. Shulardan 5,1 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 8,4 ming nafardan ortig‘i tuzaldi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют