» » AQSh S-400 raketa tizimi sababli Turkiyaga F-35 dasturidan chiqarish bilan tahdid qildi

AQSh S-400 raketa tizimi sababli Turkiyaga F-35 dasturidan chiqarish bilan tahdid qildi


AQSh Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa tizimini sotib olishi sababli uni F-35 qiruvchi bombardimonlari dasturida ishtirok etishini bekor qilishi va Anqaraga qarshi CAATSA (“Amerika raqiblariga sanksiyalar vositasida kurashish to‘g‘risida”) qonuni doirasida sanksiyalar joriy etishi mumkin. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, bu haqda Davlat departamenti vakili Morgan Ortagus ma’lum qilgan.

“Bizning pozitsiyamiz avvalgidek qoladi. Agar Turkiya S-400 bo‘yicha bitimni tugatsa, juda salbiy oqibatlarga duch keladi”, — degan Ortagus xonim brifingda.

Keyinchalik Turkiyaning AQShdagi elchisi Serdar Qilich Anqara F-35 ni S-400 qamrovi hududidan tashqarida joylashtirishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyaga qiymati 2,5 milliard dollarlik S-400 to‘rtta raketa tizimini yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim 2017-yilning iyul oyida imzolangan. Ular 2020-yilning mart oyida keltirilishi kutilayotgan edi, lekin keyinroq Anqara va Moskva bu jarayonni tezlashtirishga kelishib olgan.

Avvalroq Turkiya Rossiyaning S-400 raketa tizimlari sabab AQSh sanksiyalariga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют