» » Turkiya Rossiyaning S-400 raketa tizimlari sabab AQSh sanksiyalariga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Turkiya Rossiyaning S-400 raketa tizimlari sabab AQSh sanksiyalariga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi


Anqarada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini sotib olish bo‘yicha AQSh bilan olib borilayotgan muzokaralarda o‘sish borligini ma’lum qildi. Shunga qaramay, “RBK”ning xabar berishicha, Turkiya CAATSA (“Amerika raqiblariga sanksiyalar vositasida kurashish to‘g‘risida”gi) qonuni sabab, AQShning ehtimoliy sanksiyalariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Akarning ta’kidlashicha, hozirda Turkiya Vashingtonning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlarini sotib olish bo‘yicha so‘nggi taklifini ko‘rib chiqmoqda, shu bilan birga, S-400 tizimini o‘rganish uchun Rossiyaga vakillar ham yubormoqda.

“Biz Rossiya bilan juda yaxshi munosabatdamiz, o‘zaro shartnoma tuzdik va uni amalga oshirish niyatidamiz”, — deya vazir so‘zlarini keltirgan Hurriyet nashri.

Akarning ta’kidlashicha, Turkiya mamlakatning 82 million aholisini himoya qilishi uchun zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlariga muhtoj. U, shuningdek, Turkiya F-35 samolyotlari dasturi bo‘yicha o‘zining barcha majburiyatlarini bajarishini ma’lum qilgan va bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettirilishiga umid bildirgan.

Avvalroq CNBC telekanali AQSh Turkiyadan iyun oyining birinchi haftasi oxirigacha S-400 tizimini sotib olishdan voz kechishni talab qilib, so‘nggi ultimatumni qo‘ygani haqida xabar bergan edi. Aks holda Anqara F-35 dasturidan chiqarilishi, buyurtma qilingan 100 ta samolyotdan mahrum bo‘lishi va AQSh sanksiyalariga uchrashi aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют