» » AQSh Turkiyani C-400 kompleksini joylashtirish oqibatlaridan ogohlantirdi

AQSh Turkiyani C-400 kompleksini joylashtirish oqibatlaridan ogohlantirdi


AQSh Turkiyaning 2019-yilda Rossiyaning C-400 zenit-raketa komplekslarini joylashtirish rejalari haqidagi bayonoti fonida Anqarani sanksiyalar joriy etilishi ehtimoli va bunday choraning AQSh va Turkiya o‘rtasida mudofaa sohasidagi savdo uchun oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu haqda Davlat departamenti vakili ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

“Avval ham aytib o‘tganimizdek, NATO mamlakatlari NATO tizimlari bilan mos tushuvchi harbiy qurilmalarni xarid qilishi muhim. Rossiya tizimi bu mezonga to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi Davlat departmenti vakili.

“Bundan tashqari, C-400 ni xarid qilish CAATSA qonuni doirasidagi harakatlarning ishga tushishiga va AQShning Turkiya bilan harbiy-texnik hamkorligini davom ettirish imkoniyatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deya ta’kidladi departament vakili.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют