» » AQSh Turkiyaga Patriot samolyotlarini yetkazib berishni ma’qulladi

AQSh Turkiyaga Patriot samolyotlarini yetkazib berishni ma’qulladi


Mazkur bitimning qiymati 3,5 milliard AQSh dollarni tashkil etadi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Turkiya, 20 ta raketa va 80 qiruvchi-raketani o‘z ichiga olgan 4 ta Patriot majmuasini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Pentagondan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Anqara ularni raketa mudofaa salohiyatini kuchaytirish va mintaqaviy tahdidlarni bartaraf etish uchun ishlatadi. Bundan tashqari, Vashingtonning fikricha, Turkiya NATOning muhim ittifoqdoshi sifatida Yaqin Sharqdagi terrorizm tahdidi oldida o‘z xavfsizlikni oshirmoqchi.

30 kun ichida AQSh Kongressi bitimni tasdiqlashi yoki bekor qilishi kerak.

Bir oz avval, Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning rasmiy vakili Anqaraning Patriot majmuasini faqat o‘z mudofaasi uchun sotib olayotganini bildirgandi. Shu bilan birga o‘tgan yil oxirida Turkiya Rossiya bilan S—400 zenit-raketalar tizimini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolagan.

Kelishuv 2,5 milliard AQSh dollarni tashkil etadi.

Avvalroq, AQSh Senati Turkiyaga Rossiya C—400 tizimlari yoki Amerika F—35 qiruvchilarini sotib olishni tanlashni taklif qilgan. Anqarada esa ular Moskva bilan yakuniy kelishuvga kelganini va bekor qilinishi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют