» » Misrdan Navoiyga olib kelingan 181 nafar fuqaroning karantin muddati tugadi. Ularda koronavirus aniqlanmadi (foto va video)

Misrdan Navoiyga olib kelingan 181 nafar fuqaroning karantin muddati tugadi. Ularda koronavirus aniqlanmadi (foto va video)


Maxsus aviareys bilan 18-mart kuni Misrdan Navoiy shahriga olib kelingan 181 nafar O‘zbekiston fuqarosi 2-aprel kuni karantin muddatini tugatdi va o‘z uylariga kuzatildi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Karmana tumani hududidagi Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli sog‘lomlashtirish markazida davom etgan 14 kunlik karantinda bo‘lgan fuqarolar bilan birga 22 nafardan iborat shifokorlar guruhi ham navbatdagi ta’tilga chiqarildi.

Hokimlikning qayd etishicha, ikki hafta davom etgan karantin davrida kuzatuvga olinganlar belgilangan muddatda zarur tibbiy muolajalar, shaxsiy gigiyena va himoya vositalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlandi. Kuzatuv va karantin davrida ularning birortasida kasallik alomatlari aniqlanmadi. Barchasi sog‘lom va yaxshi kayfiyatda.

Ma’lum qilinishicha, ayni paytda Navoiy viloyatidagi 8 ta sihatgohda 529 nafar fuqaro umumiy karantin nazoratiga olingan. Bundan tashqari, 2808 nafar fuqaro uy karantinda shifokorlar nazoratida turibdi.

Hokimlikning bildirishicha, koronavirus infeksiyasi aniqlanib, Navoiy shahrida davolanayotgan ikki nafar fuqaro (ona va o‘g‘il) Navoiy viloyatiga Toshkent shahridan mehmon sifatida kelgan. Ana shu paytda ularda kasallik belgilari borligi aniqlanib, karantinga olingan va shifoxonaga yotqizilgan. Har ikkala bemor ham Toshkent shahri Bektemir tumanida doimiy yashab kelgan.

Avvalroq Latviya va Erondan qaytarilgan fuqarolar Namanganda karantin muddatini o‘tab, o‘z uylariga qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют