» » Hyundai’ga qarashli Genesis markasi birinchi krossoverini taqdim etdi

Hyundai’ga qarashli Genesis markasi birinchi krossoverini taqdim etdi


Hyundai’ga qarashli Genesis markasi Nyu-York motorshousida o‘zining birinchi krossoverini taqdim etdi. GV80 konsepti shinam salon va yoqilg‘i qutichali dvigatelga ega. Bu haqda “Motor” xabar berdi.

Krossoverning dizayni Genesis avtomobillarining tashqi ko‘rinishida kelajakda bo‘ladigan o‘zgarishlarni namoyon qiladi. Avtomobil tashqi ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyati “ikki qavatli” optika hisoblanadi.

Mashina salonida charm, zamsh va tabiiy yog‘ochdan foydalanilgan. Salon ichi boshqaruv qurilmalarining kamligi bilan ajralib turadi. Multimedia va shunga o‘xshash tizimlar boshqaruvi haydovchining o‘ng tarafida joylashgan sensorli panel va bir nechta tugma yordamida amalga oshiriladi.

Old panelning yuqori qismida keng displey o‘rnatilgan. Qurilmalar paneli ham asosan displeylardan tashkil topgan. Orqa o‘rindiqdagi yo‘lovchilar uchun old o‘rindiqlarning orqa tomonida kichik ekranlar o‘rnatilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют