» » Moskva aeroportlarida o‘zbekistonliklar yo‘qligi ma’lum qilindi

Moskva aeroportlarida o‘zbekistonliklar yo‘qligi ma’lum qilindi


O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya matbuotida 31-mart kuni “Domodedovo” xalqaro aeroportidan charter reyslar bilan uylariga qaytish istagidagi 300 nafarga yaqin Markaziy Osiyodan bo‘lgan mehnat migrantlari chiqarib yuborilgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh berdi.

“O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi ‘Domodedovo’ va ‘Jukovskiy’ aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining to‘planishi holatlarini rad etdi”, — deyiladi “Dunyo” axborot agentligi tarqatgan bayonotda.

Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, “Vnukovo” va “Sheremetyevo” aeroportlarida bo‘lgan vatandoshlarning aksariyati charter reyslarida O‘zbekistonga olib ketilgan. Ayni paytda esa ikki davlat o‘rtasidagi charter reyslar to‘xtatilgan.

Moskvada yashashga imkoni bo‘lmagan 160 ga yaqin o‘zbekistonlik navbatdagi charter reyslar tashkil etilgunga qadar yashash uchun barcha sharoit yaratilgan xostel (yotoqxona)ga joylashtirilgan. Xususan, kuniga uch mahal issiq ovqat tashkil etilgan, ular bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasining “Gazeta.uz”ga xabar qilishicha, hozirda Rossiya poytaxti aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Fuqarolarni xostellarga joylashtirish bilan bog‘liq barcha masalalar hal qilingan.

Charter reyslarini kutayotgan fuqarolarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ham qo‘llab-quvvatlagan.

“Domodedovo”dan migrantlar chiqarib yuborilgani haqida 31-mart kuni tunda jurnalist Galiya Ibragimova Facebook sahifasida ma’lum qilgan edi. Keyinroq “RIA Novosti” agentligi vaziyat haqida reportaj tayyorladi.

Unda ta’kidlanishicha, “Domodedovo”dan chiqarib yuborilgan migrantlar aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikiston fuqarolaridir. Aeroport xodimining qayd etishicha, ertalab ularni mahalliy tojik diasporasi avtobusda olib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют