» » Toshkentda Instagram orqali boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilgan yigitlar qo‘lga olindi (video)

Toshkentda Instagram orqali boshqa foydalanuvchilarni haqorat qilgan yigitlar qo‘lga olindi (video)


Toshkentda Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali internet foydalanuvchilarini haqorat qilgan yigitlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Instagram’dagi Greenrapoff nomli foydalanuvchining sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda 3 nafar noma’lum yigit jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatayotganligi aks etgan.

Tezkor surushtiruv ishlarida ushbu shaxslar Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan Sh.A. va 1999-yilda tug‘ilgan J.H. lar ekanligi aniqlanib, ushlangan. Videodagi holat shu yilning yanvar oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat o‘tkazilib, xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar IIOga yuborilgan.

Avvalroq Telegram ijtimoiy tarmog‘ida IIB xodimlarini haqorat qilib, ularga bo‘ysunmaslikni da’vat qilgan qo‘qonlik deputat 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют