» » Toshkentda xotinini zo‘rlagan erkak IIB xodimini pichoqladi

Toshkentda xotinini zo‘rlagan erkak IIB xodimini pichoqladi


Toshkent shahar Yunusobod tumanida 30-mart kuni 24 yoshli erkak uning oilaviy mojarosini o‘rganish uchun kelgan ichki ishlar xodimini pichoqladi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 30-mart kuni soat 14:00 da Sergeli tuman IIB tezkor xodimi B.X.ga fuqaro N.X. murojaat qilib, turmush o‘rtog‘i M.A. uni zo‘rlagani va nomusiga tekkani haqida ariza bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin bir kun avval Sergelida bir kunga ijaraga olingan kvartirada tunagan va u yerda janjallashib qolgan. Ertasi kuni ayol Sergeli tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

IIB xodimi ariza asosida ayol va uning eri yashaydigan Yunusobod tumani Xushnavo ko‘chasidagi xonadonga borgan. Xonadonda bo‘lgan 24 yoshli M.A. mast holatda xodim B.X.ni xotinining o‘ynashi deb o‘ylab, unga hujum qilgan hamda oshxona pichog‘i bilan uning chap ko‘krak pastki qismi va qorin sohasiga ikki marotaba urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 31-mart kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. M.A. protsessual tartibda ushlangan.

Avvalroq, Toshkentda 21 yoshli yigit rashk sababli o‘z tanishini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Andijonda esa bemor ayolning ukasi shifokorga pichoq bilan tajovuz qilgandi. Qarshida yo‘nalishli taksi haydovchilarining odam talashib boshlangan janjali pichoqlashish bilan yakunlangan. Buxoroda qo‘shnisini baland imorat qurgani uchun pichoqlab o‘ldirgan fuqaro 19 yilga qamalgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют