» » Foto: Koronavirus bilan yuzma-yuz — o‘zgalar uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan shifokorlar

Foto: Koronavirus bilan yuzma-yuz — o‘zgalar uchun o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan shifokorlar


“Kommersant” nashri koronavirus bilan old qatorlarda “jang qilgan” tibbiyot xodimlarining tarixi haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Hamkasblarini yangi turdagi koronavirus paydo bo‘lgani haqida ogohlantirgan va yolg‘on mish-mishlar tarqalgani uchun hibsga olingan 34 yoshli xitoylik oftalmolog Li Venlyan 7-fevral kuni shifoxonada vafot etgan. U o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘limiga qadar kasallik belgilari haqida so‘zlab, koronavirusdan qochish yo‘llari haqida masalahat berib kelgan.

35 yoshli shifokor Nikola Sgarbi Italiyaning Modena shahrida joylashgan kasalxonalarning biridagi intensiv terapiya bo‘limida ishlaydi. Jonlantirish bo‘limida himoya kostyumi va niqob bilan 13 soat davom etgan ishdan so‘ng, selfiga tushdi.

31-mart kuni Moskva shahri yaqinida joylashgan Kommunarka aholi punktidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlandi. Shifokor o‘z kabinetida izolyatsiyalanib, masofadan ishlashini va onlayn maslahatlar berishini bildirgan. Denis Protsenko o‘zida kasallik aniqlanishidan bir hafta oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ko‘rishgan edi.

20-mart kuni Italiyada 57 yoshli shifokor Marchello Natali vafot etdi. U jurnalistlarga qo‘lqoplar yetmayotgani sabab usiz ishlashga to‘g‘ri kelganini so‘zlab bergan.

“Biz, har bir kasallikka dori topiladi, degan ishonch bilan ulg‘aydik. Balki popugimizni pasaytirib qo‘yadigan ushbu dars bizga kerak bo‘lgandir”, — degan shifokor.

Hindistonning Surat shahrida kecha-yu kunduz koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokor va hamshiralar tazyiqqa uchramoqda. Ayrim tibbiyot xodimlari kasallikdan qo‘rqqan qo‘shnilarining vahimasi sabab uyidan haydab yuborilgan. Suratdagi ayol — Sanjibani Panigraxi o‘z uyiga kirishga ruxsat berishmaganini va kuni kecha do‘stona yashab yurganlari tahdid qilishganini so‘zlab bergan.

30 yillik tajribaga ega xitoylik shifokor Syan Lu koronavirusga qarshi kurashga yanvar oyida birinchilardan bo‘lib otlangan, u bir sutka ichida 310 shifokordan iborat jamoani yig‘gan. Dastlabki kunlarda ular ovqatlanishga ham vaqt topa olmagan. Syan Lu o‘ziga kasal yuqtirmasdan yuzlab odamlarni davolagan.

21-fevral kuni xitoylik 29 yoshli shifokor Pen Inxua koronavirus oqibatida vafot etgan. U pandemiyaga qarshi kurashish yo‘lida hamkasblariga yordam berish uchun o‘z to‘yini qoldirgan edi. Uning kabinetidan hali jo‘natilmagan to‘y taklifnomalari topilgan.

34 yoshli hamshira Daniela Tretssi Italiyaning Monsa shahridagi intensiv terapiya bo‘limida ishlagan. 10-mart kuni koronavirus bilan karantinga joylashtirilgan. Kasallik belgilari aniqlangan hamshira o‘z joniga qasd qilgan. U kuchli stressda bo‘lgan va boshqalarga yuqtirib olishdan qo‘rqqan.

25-mart kuni Nyu-Yorkda 48 yoshli tibbiyot xodimi Jordan Kelli vafot etdi. U ishlaydigan kasalxonaning xodimlariga himoya vositalari yetmagan. Shifokorlar kasallik yuqtirib olmaslik uchun chiqindiga mo‘ljallangan qoplardan foydalanishga majbur bo‘lgan. Hamshiralar ham, hatto kasallar va bemorlarga qarashda kiyimlarini almashtira olmagan.

Avstraliya ommaviy axborot vositalari, kuniga koronavirusda gumonlangan 55 nafargacha bemorni qabul qilib, ikkita klinikada 28 kun tinmay ishlagan Kamon Alini qahramon deb atamoqda.

Eronlik shifokor Shirin Ruhoniy esa o‘zida kasallik aniqlangan bo‘lsa ham, og‘ir kasallarni davolashni davom etavergan. 23-mart kuni ayol vafot etgan.

68 yoshli Jan-Jak Razafindranazi Fransiyada koronavirus oqibatida vafot etgan ilk shifokorga aylandi. O‘tgan yili nafaqaga chiqqan Jan-Jak epidemiya boshlangach, ko‘ngilli sifatida kasalxonaga qaytgan. Biroq uning o‘zi koronavirus yuqtirib olib, 22-mart kuni vafot etgan.

63 yoshli Odil al-Toir (chapdan ikkinchi) organlar transplantatsiyasi bo‘yicha mutaxassis. Epidemiya boshlangach Londonga qaytib, eng og‘ir sharoitga ega hududga jo‘natishlarini so‘ragan. Koronavirus yuqtirib olgan al-Toir  12 kundan so‘ng vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют