» » Bosh sanitariya inspektori COVID-19 ning klinik belgilari yashirin davrning qaysi kunlarida namoyon bo‘layotganiga aniqlik kiritdi

Bosh sanitariya inspektori COVID-19 ning klinik belgilari yashirin davrning qaysi kunlarida namoyon bo‘layotganiga aniqlik kiritdi


Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda ko‘plab savollarga javob qaytardi.

Xususan, ko‘zi yorigan viloyatda istiqomat qiluvchi emizikli farzandi bor ona shahardan uyiga yeta olmayotgani haqidagi savoliga quyidagicha izoh berildi.

“Ushbu masala bo‘yicha tug‘uruqxona rahbariyatiga murojaat qiling, shaharda kimningdir uyida turgan bo‘lsangiz, yaqin qarindoshlar ushbu vaziyatni tegishli organlarga tushuntirsin. Karantin abadiy davom etadigan jarayon emas, muayyan vaqt uydan uzoqda qolishingizga to‘g‘ri kelsa-da karantinda qolsangiz, qarindoshlaringizni ham, o‘zingizni ham, chaqaloqni ham kasallik yuqtirish ehtimolidan qutqargan bo‘lasiz”, — deya ta’kidlagan Otabekov.

Mavzuga doir: Bosh davlat sanitariya inspektori O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinmasligini aytdi

Shuningdek, brifingda kasallikning yashirin davri 14 kun ekani, agar bemor uni yuqtirib olgan bo‘lsa, kasallikning boshlanishi shu davrning qaysi kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi savolga ham javob berildi.

Mavzuga doir: “Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?”. Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori javob berdi

“Kasallikning yashirin davri — bu kasallik virusi organizmga tushganidan keyin uning klinik belgilari namoyon bo‘lgunicha bo‘lgan davr. Yashirin davr 14 kun deb belgilandi, tibbiy kuzatuvlar, xorijiy ekspertlar fikrlari asosida qariyb 95-97 foiz holatlarda kasallikning klinik belgilari koronavirus yuqqanidan keyin 10—11-kunlari namoyon bo‘lishni boshlamoqda”, — deydi Nurmat Otabekov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют