» » O‘zbekistonda 1-iyuldan loyiha-qidiruv, 1-sentabrda qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi

O‘zbekistonda 1-iyuldan loyiha-qidiruv, 1-sentabrda qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi


O‘zbekistonda 1-iyuldan loyiha-qidiruv, 1-sentabrdan esa qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, 2020-yil 1-iyuldan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllanadigan loyiha-qidiruv tashkilotlarining elektron reytingi hisoblab boriladi.

Unda ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar aks ettiriladi.

2020-yil 1-sentabrdan soliq va statistika hisobotlari ma’lumotlari, shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladigan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.

Unda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va to‘langan soliqlar, ish haqi to‘lash fondi va boshqa mezonlar;

qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi hamda boshqa mezonlar.

Mavzuga doir:  O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot muassasalari reytingini aniqlash tartibi joriy etiladi

Reyting qurilish ishlari hajmlari va obyektlari bo‘yicha tabaqalashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют