» » O‘tgan bir sutka ichida dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga oshdi

O‘tgan bir sutka ichida dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga oshdi


O‘tgan bir sutka ichida butun dunyo bo‘ylab yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga ko‘paydi, 5,7 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda JSST ma’lumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida yana 82 061 kishida koronavirus aniqlangan, 5798 kishi vafot etgan. Shunday qilib, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1 133 178 kishini tashkil etayotgan bo‘lsa, qurbonlar soni — 62 784 kishiga yetdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, ayni vaqtda virus bilan kasallanayotganlarning asosiy qismini Yevropa davlatlari ahosini tashkil etmoqda — 621 407 kishi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar 342 kishiga yetdi. 5-aprel kuni mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygani ma’lum qilindi. Hozirgi vaqtga qadar 2 kishi — 72 yoshli ayol hamda Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor koronavirusdan vafot etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют