» » OAV: Yaponiyada koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilinadi

OAV: Yaponiyada koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilinadi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 8-apreldan boshlab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kiodo axborot agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Favqulodda holatning e’lon qilinishi joylardagi hokimiyatlarga fuqarolardan ko‘chaga chiqmaslikni, ommaviy tadbirlarda ishtirok etmaslik va gigiyena qoidalariga rioya qilishni talab etish huquqini beradi. Biroq Yaponiyada talab va taklifni bajarishdan bosh tortganlarga jarima belgilanishi ko‘zda tutilmagan. Favqulodda holat birinchi navbatda yirik shaharlar — Tokio va Osakaga tegishli.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 4,5 ming kishidan oshgan, 104 kishi vafot etgan.

Avvalroq nima sababdan Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat yoki karantin e’lon qilinmayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, AQShning Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida koronavirus sabab favqulodda holat e’lon qilingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga favqulodda holat e’lon qilish vakolatini bergan.

Mavzuga doir: Yaponiya koronavirus tufayli daromadi kamaygan oilalarga 1,85 ming dollardan beradigan bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 390 nafarga yetdi. Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan ikki kishi vafot etgan. Shuningdek, Nyu-Yorkning Bruklin qismida ikki o‘zbekistonlik — bir erkak va bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют