» » Irlandiya bosh vaziri pandemiya vaqtida shifokor bo‘lib ishlashga qaror qildi

Irlandiya bosh vaziri pandemiya vaqtida shifokor bo‘lib ishlashga qaror qildi


Irlandiya bosh vaziri Leo Varadkar mamlakatda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash yo‘lida haftasiga bir marotaba Milliy sanitariya xizmatida (HSE) shifokor bo‘lib ishlaydi. Bu haqda irland hukumatining rasmiy vakiliga tayanib, The Guardian xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Varadkar mart oyida amaliyot o‘tash huquqiga ega tibbiyot xodimlarining rasmiy ro‘yxati — tibbiyot reyestriga kiritilgan. “U o‘z sohasiga kiradigan yo‘nalish bo‘yicha haftasiga bir marta HSE’da ishlash taklifini bildirgan”, — deydi gazeta suhbatdoshi.

Varadkar siyosat bilan shug‘ullanguniga qadar yetti yil shifokor bo‘lib ishlagan. 2010-yilda u umumiy amaliyot bo‘yicha diplom olgan. Oradan uch yil o‘tgach, Varadkar tibbiyot reyestridan chiqqan edi.

Irish Times nashrining ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir haftasiga bir marta telefon orqali dastlabki tekshiruvlarni o‘tkazadi. Ta’kidlanishicha, Varadkarning otasi shifokor, onasi — hamshira, ikki singlisi ham tibbiyot sohasida ishlaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Irlandiyada COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 4994 kishiga yetgan, 158 kishi vafot etgan.

Mavzuga doir: JSST vakili koronavirusning eng yaqqol belgisi haqida gapirdi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan bir sutka ichida dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga oshdi. Butun dunyoda virusga chalinganlar soni 1 133 178 kishini tashkil etayotgan bo‘lsa, qurbonlar soni — 62 784 kishiga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют