» » Bosh prokuratura Navoiyda shifokorning fuqaro tomonidan haqorat qilinishi yuzasidan ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Navoiyda shifokorning fuqaro tomonidan haqorat qilinishi yuzasidan ma’lumot berdi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Navoiyda fuqaroning shifokorni haqorat qilishi holati yuzasidan rasmiy izoh berdi.

2019-yil yanvar oylarida Navbahor tumani Arabxona mahallasida yashovchi I.E. o‘zining voyaga yetmagan farzandining sog‘ligi yomonlashgani tufayli, davolatish maqsadida Navbahor tumani Tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga olib kelgan. Farzandining sog‘ligi yaxshi emasligi to‘g‘risida qabul bo‘limi navbatchi vrachi A.E.ga murojaat qilganida navbatchi vrach A.E. bolalar shifokori emasligini, pediatr shifokori boshqa bemorni ko‘rayotganligini unga telefon qilib darhol chaqirganligini va pediatr shifokor kelgandan so‘ng, u kelib uni farzandini ko‘rishini ma’lum qilgan.

Shu payt fuqaro I.E. navbatchi shifokor A.E.ga tahdid qilib, “bu yer senga tibbiyot instituti emas, javobgarlikni his qilasanmi, bor topib kel, operatsiya deysan, tekshiryapti deysan, sen hali o‘ynashyapsanmi, mol do‘xtiri” degan so‘zlar bilan shifokorga haqoratomuz so‘zlarni gapirgan. (Mazkur holat tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan vediotasvirga olingan).

Shifokor A.E. ushbu holat yuzasidan avval murojaat etmaganligi sababli uning arizasi Navbahor tumani IIB NQning Sh-1 kitobidan 08.06.2019-yilda 408-qayddan o‘tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro va shifokor ishtirokida yuz bergan navbatdagi noxush video tarqalgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют