» » AQShda koronavirusga chalingan er-xotin olti daqiqa farq bilan vafot etdi

AQShda koronavirusga chalingan er-xotin olti daqiqa farq bilan vafot etdi


AQShda 51 yil birga yashagan er-xotin koronavirus infeksiyasi sabab yuzaga kelgan kasallik oqibatida bir kunda vafot etdi. Bu haqda marhumlarning o‘g‘li Baddi Beyker o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Baddining aytishicha, 74 yoshli otasi Styuart Beyker va 72 yoshli onasi Edrian Beyker 29-mart kuni olti daqiqa farq bilan olamdan o‘tgan.

“Ota-onam mening hayotimga katta ta’sir ko‘rsatgan ajoyib insonlar edi, afsusuki, bir necha daqiqa farq bilan biz ikkisidan ham ayrilib qoldik”, — deydi kichik Beyker.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chol-kampirning sog‘lig‘i joyida bo‘lgan, biroq o‘tgan oy shifokor ularga yengil pnevmoniya tashxisini qo‘ygan. Keyinroq er-xotinning ahvoli yomonlashib, ikkisi ham shifoxonaga borgan. Erkakda astma bo‘lgani sabab kasalxonaga yotqizilgan, ayoliga esa javob berib yuborilgan.

Natijada katta Beykerda koronavirus aniqlangan. Farzandlar bu haqda onasiga aytmasdan uni ham har ehtimolga qarshi shifoxonaga yotqizishga qaror qilishgan. Oradan 45 daqiqa o‘tgach shifokorlar qo‘ng‘iroq qilib, Edrianning ham ahvoli og‘ir ekanligini ma’lum qilishgan.

Oxir-oqibat bemorlarning yaqinlari er-xotinni sun’iy nafas oldirish apparatidan uzib qo‘yishga qaror qilib, ularning tabiiy yo‘l bilan vafot etishiga imkon yaratib berishgan.

Mavzuga doir: Tramp koronavirusga qarshi kurash uchun Nyu-Yorkka qo‘shin kiritilishini ma’lum qildi

Avvalroq AQShda 65 yil birga yashagan chol-kampir koronavirus oqibatida bir kunda vafot etgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют