» » O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi

O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi


“Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Neft-gaz tarmog‘i korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmog‘idagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi “kompleans-nazorat” tizimi joriy etiladi.

Yuqori malakali xorijiy ekspert va mutaxassislar, shu jumladan, xorijdagi vatandoshlarni neft-gaz tarmog‘i korxonalariga ishga yollash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Neft-gaz tarmog‘idagi faoliyat turlarini litsenziyalash takomillashtiriladi va soddalashtiriladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zkimyosanoat” AJ ustav jamg‘armalarida davlat ulushi oshiriladi.

2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi va neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida O‘zbekistonda Ai-80 dan boshqa barcha benzin narxlari pasayishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Oradan biroz vaqt o‘tib “O‘zbekneftgaz” Ai-92 narxi arzonlashishini tasdiqlab, neft mahsulotlari narxi bosqichma-bosqich arzonlashishini ma’lum qildi. 1-aprel kuni esa O‘zbekistonda benzin, dizel va gazni oxirgi iste’molchiga sotishda aksiz solig‘i stavkasi yil oxiriga qadar o‘zgarmasligini aytildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 112) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют