» » Koronavirus sabab “Yerning qaltirashlari” pasaygani ma’lum bo‘ldi

Koronavirus sabab “Yerning qaltirashlari” pasaygani ma’lum bo‘ldi


Odamlar ko‘chalarda deyarli to‘planmay qo‘ydi, mashinalar harakati kamaydi — borgan sari kamroq odam uydan tashqariga chiqmoqda yoki shaharlararo harakatlanyapti. Karantin vaqti butun sayyorada har doimgidan ko‘ra tinchlik hukm surmoqda va buni hatto seysmograflar ham payqadi, deb xabar beradi Hi-Tech-Mail.ru.

Mutaxassislar Yerdagi seysmik shovqin pasayganini qayd etgan. Avtomobillar, poyezdlar, avtobus va odamlar vibratsiyasi sayyoraga kamroq ta’sir ko‘rsata boshlagan.

Belgiya qirollik observatoriyasi mart oyining o‘rtalarida — maktab va korxonalar yopila boshlaganida shovqin darajasi 30—50 foizga kamayganini ta’kidlagan. Bu turdagi ko‘rsatkichlar yilda faqat bir marotaba — Rojdestvo bayramida kuzatiladi.

Insonning Yerga ta’siri kamaygani olimlarga yordam bermoqda. Endilikda sayyorada payqash qiyin bo‘lgan yer osti silkinishlari va boshqa seysmik faolliklarni ham kuzatish osonlashgan.

Mavzuga doir: Koronavirus tufayli bo‘shab qolgan dunyo shaharlari soat 12:00 da (foto)

Dunyoning turli nuqtalarida joylashgan shaharlarda ham xuddi shu kabi jarayon kuzatilgan. Masalan, London va Los-Anjelesdagi seysmologlar ham vibratsiya kamayganini qayd etgan.

Mavzuga doir: Toshkentda karantin sabab “uyda qolgan” mashinalar — suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют