» » Moskvada 20-martgacha koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin ko‘paysa, to‘liq karantin joriy etiladi

Moskvada 20-martgacha koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin ko‘paysa, to‘liq karantin joriy etiladi


Moskva ma’muriyati 20-martga qadar koronavirus bilan kasallanganlar soni keskin ortsa, qat’iy karantin joriy etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “RBK”.

Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan qat’iy choralarga ko‘ra, faoliyati shahar hayotini ta’minlashga ta’sir ko‘rsatmaydigan korxonalar ishchilari uydan ishlashga o‘tishi mumkin. Barcha davlat xizmatlari onlayn-formatda ko‘rsatiladi.

Shuningdek, shahar meriyasi bar, restoran va ko‘ngilochar savdo markazlari faoliyatini cheklash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Eng qat’iy chora sifatida esa jamoat transporti faoliyati ham to‘xtatilishi mumkin.

Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus tarqalishiga qarshi kurash choralari doirasida o‘quvchilar ota-onalarining ixtiyoriga ko‘ra 16-martdan boshlab poytaxtdagi maktablarga kelish-kelmaslikni erkin hal qilish imkonini beruvchi qarorni imzolagan edi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi bir sutka davomida butun dunyoda koronavirus yuqtirish bo‘yicha 13 903 ta holat kuzatilgan. Shu tariqa, butun dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallangan odamlar soni 167 511 nafar yetdi.

Avvalroq Ukrainada koronavirus tufayli poyezd, avtobus va metro qatnovlari to‘xtatilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют