» » Nyu-York hayvonot bog‘idagi yo‘lbars koronavirus yuqtirib oldi

Nyu-York hayvonot bog‘idagi yo‘lbars koronavirus yuqtirib oldi


Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘ida yo‘lbars koronavirus yuqtirib oldi, deb yozmoqda “RBK”. Bu haqda Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamiyati (WCS) xabarida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Nadia laqabli 4 yoshli yo‘lbarsda COVID-19 testi ijobiy chiqqan. Uning natijalarini tahlillar yuborilgan AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining Milliy veterinariya xizmati tasdiqlagan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu dunyoda yo‘lbarsning koronavirusga chalinishi bilan bog‘liq birinchi holat, AQShda esa hayvonning koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan birinchi holatdir.

“Hozirgi kunda hayvonlar odamlarga virus yuqtirishi mumkinligi yoki ularning AQShda infeksiya manbasi bo‘lishi mumkinligini tasdiqlovchi hech qanday ma’lumot yo‘q”, — deya vazirlik xabaridan iqtibos keltirgan AP.

Hayvonot bog‘ida yo‘lbars infeksiyani uni parvarishlayotgan xodimdan yuqqan bo‘lishi mumkin, deb hisoblashmoqda. Kasallik unda alomatlarsiz o‘tgan bo‘lishi mumkin.

Ayni paytda Nyu-York AQShda koronavirus tarqalishining o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda koronavirusga chalinganlar soni 123 mingdan, vafot etganlar soni 4 mingdan oshib ketgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют