» » Yaponiyada 7-apreldan boshlab favqulodda holat e’lon qilinadi

Yaponiyada 7-apreldan boshlab favqulodda holat e’lon qilinadi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakatda 7-aprel kunidan boshlab favqulodda holat e’lon qilish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi NHK telekanali.

Sindzo Abening so‘zlariga ko‘ra, u 7-apreldan boshlab favqulodda holat rejimini joriy etishni rejalashtirmoqda. Choralar poytaxt Tokio va oltita prefektura, xususan, Osaka, Fukuoka, Tiba, Kangava, Saytama, Xyogoga nisbatan qo‘llaniladi. Avvalroq favqulodda holat birinchi navbatda yirik shaharlar — Tokio va Osakaga tegishli bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Shu bilan birga, Sindzo Abe xorijiy davlatlardan farqli ravishda shaharlar yopilmasligini ta’kidlab o‘tgan.

Bundan tashqari, bosh vazir koronavirusning salbiy ta’sirini pasaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralarni ham e’lon qilgan. Mazkur choralar uchun 108 trillion iyena (989 milliard dollar) ajratiladi, bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan 20 foizini tashkil qiladi.

Xususan, mablag‘lar pandemiya sharoitida zarar ko‘rgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari, qariyb 5,5 milliard dollar miqdoridagi mablag‘ koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida joriy qilingan cheklovlar sababli daromadi kamaygan kishilarga to‘lab beriladi. Pandemiya sababli daromadi pasayib ketgan har bir oilaga taxminan 2,7 ming dollardan to‘lanadi.

Yaponiya hukumati mart oyida koronavirus sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilishga imkon beruvchi vaqtinchalik qonunni ma’qullagan. Zarur holatda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe koronavirus tarqalishi sababli mamlakatning ma’lum bir hududlari uchun favqulodda holat e’lon qilishi mumkin.

Favqulodda holat e’lon qilinganidan keyin mahalliy hokimiyatlar mahalliy aholidan uydan chiqmaslikni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, mahalliy rasmiylar xususiy yer uchastkalari va inshootlardan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida foydalanishi mumkin bo‘ladi. Agar mazkur mulklar egalari obyektlarni foydalanishga berishdan bosh tortsa, mahalliy rasmiylar zarur bo‘lgan mulkni musodara qilish huquqiga ega.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinganlar soni 4500 kishidan oshgan, ularning qatoriga Diamond Princess kemasining 712 nafar yo‘lovchisi va ekipaj a’zolari ham kiradi. Mazkur kema Yaponiyaning Yokogama shahri portida bir yarim oy davomida karantinda turgan edi. Kasallanganlarning katta qismi — 1033 kishi poytaxt Tokioda qayd etilgan. Undan keyingi o‘rinda Osaka prefekturasi (408 nafar bemor) turibdi. Mamlakat bo‘yicha kasallikdan jami 106 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yozgi Olimpiya o‘yinlari koronavirus sababli 2021-yilga qoldirildi. O‘yinlar 2021-yilning 23-iyulida boshlanib, 4-avgustga qadar davom etadi.

Mavzuga doir: O‘tgan bir sutka ichida dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 82 ming kishiga oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют