» » O‘zbekiston neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun 650 mln dollar miqdorida qarz oladi

O‘zbekiston neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish uchun 650 mln dollar miqdorida qarz oladi


O‘zbekiston uglevodorod xomashyosi qazib chiqarishni oshirish dasturi doirasida Xitoyning Ipak yo‘li jamg‘armasi va xorijiy tijorat banklaridan 250 million dollar miqdorida, shuningdek, eksport kredit agentliklaridan 400 million dollar miqdorida qarz mablag‘larini jalb qiladi. Bu haqda “Neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilab qo‘yilgan.

Qarorda qayd etilishicha, Moliya vazirligi hamda “O‘zbekneftgaz” 2020-yilning 1-iyuniga qadar mazkur mablag‘lar jalb qilinishini ta’minlashi kerak.

Shuningdek, Moliya vazirligi belgilangan tartibda jalb qilinadigan 250 million dollar uchun “O‘zbekneftgaz”ning Ipak yo‘li jamg‘armasi oldidagi majburiyatlari bo‘yicha davlat kafolatini berish uchun vakolatli organ etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-sentabrga qadar Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki ekspertlarini jalb qilgan holda Gaz-transport tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturining bosh rejasi ishlab chiqilishi kerak.

Shuningdek, mazkur muddatga qadar barcha ishtirokchilarga teng kirish imkoniyatini ta’minlash va narxni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini nazarda tutgan holda elektr energiyasi va tabiiy gazning birja savdolari asosidagi ulgurji bozorini yaratish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi belgilangan.

Qarorga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Energetika vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda xalqaro darajada tan olingan konsalting va auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda, 2020-yil 1-iyulga qadar Neft-gaz tarmog‘i korxonalarining operatsion samaradorligini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak.

Shu bilan birga, 2020-yil 1-oktabrga qadar neft-gaz tarmog‘idagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi “komplayens-nazorat” tizimi joriy etilishi lozim.

Qarorga ko‘ra, 2020-yil 1-maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi, shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isining chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinadi. Mazkur mahsulotlarni neftni qayta ishlash zavodlari tomonidan sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют