» » Nyu-Yorkda ijtimoiy masofalanish qoidasini buzganlar ming dollar jarimaga tortiladigan bo‘ldi

Nyu-Yorkda ijtimoiy masofalanish qoidasini buzganlar ming dollar jarimaga tortiladigan bo‘ldi


Nyu-York shtati hukumati koronavirus xavfi sharoitida ijtimoiy masofalanish qoidalarini buzganlar uchun jarima miqdorini ming dollargacha ko‘tardi. Bu haqda shtat gubernatori Endryu Kuomo o‘zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

Nyu-York AQShda koronavirus pandemiyasining epimarkaziga aylangan.

“Bugun davlat tomonidan o‘rnatilgan ijtimoiy masofalanish qoidasini buzganlar uchun belgilangan jarimani 500 dan 1000 dollarga ko‘taraman. Ushbu dushmanga birinchi kundanoq past baho bergan ekanmiz”, — deb yozadi Kuomo.

Hozirda Nyu-York shtatida koronavirus bilan kasallanganlar soni 130 mingdan oshdi, 4,7 ming kishi vafot etdi. Qurbonlarning aksariyati Nyu-York shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Nyu-Yorkda koronavirus oqibatida vafot etgan o‘zbekistonliklar soni uch kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bog‘idagi yo‘lbars ham koronavirus yuqtirib olgan. Shtatda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlar jarrohlik xalatlari o‘rniga yomg‘irpo‘sh va chiqindi uchun “paket”larni kiyishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют