» » Kot-d’Ivuarda aholi koronavirusdan kasallanganlar uchun qurilayotgan shifoxonani buzib tashladi

Kot-d’Ivuarda aholi koronavirusdan kasallanganlar uchun qurilayotgan shifoxonani buzib tashladi


G‘arbiy Afrikadagi Kot-d’Ivuar davlatining eng yirik shahri bo‘lmish Abidjan aholisi koronavirus pandemiyasi bilan kurashish uchun qurilayotgan tibbiy markazni vayron qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

#COVID19CIV :
“ D?mant?lement d’un centre d’accueil des cas confirm?s de #Covid19 en construction au stade de la BAE ? Yopougon .
La population estiment que le centre est beaucoup trop proche de leurs habitations... “ pic.twitter.com/BjcQsbp23B

— La C?te d'Ivoire est Chic???????? (@CotedIvoire_off) April 5, 2020

Qayd etilishicha, bunga qurilayotgan tibbiy markazning aholi yashash punktiga yaqinligi sabab bo‘lgan. Tibbiyot darajasi past bo‘lgan qariyb 5 million aholisi bo‘lgan shahar markazida klinikaning qurilishi tufayli odamlar virusning juda tez tarqalib ketishidan xavotirda.

Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu voqea aks etgan videoda odamlar o‘z qo‘llari bilan binoni buzayotgani, qurilish materiallarini otib tashlayotganini ko‘rish mumkin.

Kot-d’Ivuar Sog‘liqni saqlash vazirligi esa tibbiyot markazidan koronavirus bilan kasallanganlar uchun shifoxona sifatida foydalanish hech qachon rejalashtirilmaganligini aytmoqda.

Ta’lidlanishicha, Kot-d’Ivuarda koronavirus pandemiyasi tufayli favqulodda holat rejimi amal qilmoqda. Kechki soat 10 dan ertalabki soat 5 gacha kommendantlik soati joriy etilgan. Hukumat dushanba kunidan boshlab Abidjanda karantin e’lon qilgan. Biroq u aholini tibbiy markazni vayron qilishdan to‘xtatmagan.

Ayni paytda Kot-d’Ivuarda 245 kishi koronavirusga chalingan, 1 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют