» » Qirg‘izistonda COVID-19 virusini tarqatganlik yuzasidan birinchi jinoiy ish ochildi

Qirg‘izistonda COVID-19 virusini tarqatganlik yuzasidan birinchi jinoiy ish ochildi


Qirg‘izistonda koronavirus tarqatganlik yuzasidan birinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Respublika COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha shtabi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, O‘sh viloyatida istiqomat qiladigan gumonlanuvchi karantin qoidalarini buzgani uchun hibsga olingan. Tekshiruv natijasida uning koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

“Afsuski, qo‘lga olingan fuqaro koronavirus yuqtirib olganligini qarindoshlaridan, tengdoshlari, hamkasblaridan ham yashirgan va infeksiyani ularga ham yuqtirgan. Ayni vaqtda u maxsus karantin hududida davolanmoqda. Tuzalganidan keyin 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi”, — deya xabar qilgan shtab vakili.

Qirg‘izistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 7-aprel holatiga ko‘ra, 228 nafarga yetgan, to‘rt nafar odam vafot etgan. Kasallanganlar orasida tibbiyot xodimlari ham bor. COVID-19 epidemiyasi sabab mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan. Bir nechta shaharda, jumladan, poytaxtda favqulodda holat rejimi hukm surmoqda.

Qirg‘izistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati 3-aprel kuni qayd etilgan, undan avval 1-aprel kuni mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri va bosh vazir o‘rinbosari o‘z lavozimlaridan ozod etilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Qirg‘izistonga koronavirusga qarshi kurash uchun gumanitar yordam jo‘natdi (foto)

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus infeksiyasi COVID-19 tarqalishi pandemiya darajasiga yetganini e’lon qilgan. JSST bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 1,21 million nafardan ko‘proq odam virus yuqtirib olgan, 67,6 ming kishi infeksiya keltirib chiqargan kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют