» » Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 228 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 228 kishiga yetdi


Qirg‘izistonda 7-aprel holatiga ko‘ra, yana 12 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sabirjan Abdukarimovga tayanib, Akipress xabar berdi.

Avvalroq Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 216 kishiga yetib, yana ikki kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 12 kishining barchasi O‘sh viloyatidan. “Afsuski, kasallanganlarning yetti nafari tibbiyot xodimi: 4 shifokor va 3 nafar hamshira. Ularning bir qismi observatsiyadagi odamlar bilan ishlagan bo‘lsa, qolgan qismi boshqa bir kasalning hamkasblari. Besh kishidan biri Umradan kelgan, qolganlari u bilan aloqada bo‘lgan”, — deydi vazir.

Koronavirus bilan kasallangan shifokorlar ahvoli qoniqarli. Ularda klinik belgilar kuzatilmagan. Umumiy hisobda Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 228 kishiga yetdi.

Avvalroq Qirg‘izistonning yirik shaharlari aholisiga soat 20:00 dan keyin ko‘chaga chiqish taqiqlangani, mamlakatdan un va makaronlarning olib chiqib ketilishiga, Bishkekda shaxsiy avtomobildan foydalanishga taqiq qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 457 nafarga yetdi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 30 nafar bemor sog‘aygan va ikki kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют