» » O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 520 kishiga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 520 kishiga yetdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 7-aprel soat Toshkent vaqti bilan 23:59 holatiga ko‘ra, 16 kishiga oshib, 520 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Avvalroq 7-aprel Toshkent vaqti bilan soat 15:00 holatiga ko‘ra, 32 kishiga oshib, 504 nafarga yetgani ma’lum qilingandi.

6-aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra kamida 31 nafar bemorda pnevmoniya alomatlari kuzatilayotgan edi; to‘qqiz bemorning ahvoli og‘ir deb baholangan, ulardan ikki nafari sun’iy nafas olish apparatiga ulangan edi.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni aniqlangan bo‘lsa, o‘tgan davr mobaynida 30 kishida sog‘ayishga erishdi, ikki kishi kasallik qurboni bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShning Nyu-York shahrida koronavirusdan vafot etgan o‘zbekistonliklar soni uch nafarga yetdi. Bundan tashqari, Armaniston, Qozog‘iston va Avstriyadagi O‘zbekiston fuqarolarida ham koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston musulmonlari idorasi karantinga doir fatvolarni e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют