» » Xorijdan vatanga qaytishni istamagan O‘zbekiston fuqarolari fuqarolikdan mahrum etilishi haqidagi xabarlar rad etildi

Xorijdan vatanga qaytishni istamagan O‘zbekiston fuqarolari fuqarolikdan mahrum etilishi haqidagi xabarlar rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Prezidenti 31-mart kuni yig‘ilish o‘tkazgani va xorijdagi barcha fuqarolarni 10-aprelga qadar vatanga qaytarish to‘g‘risida farmon imzolagani, vatanga qaytishni istamaganlar O‘zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, ularni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekistonning xorijdagi, ayniqsa, qo‘shni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalariga ham shu mavzuda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, davlat rahbari, hukumat, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan fuqarolarning kundalik hayoti bilan bog‘liq barcha muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar jamoatchilikka rasmiy axborot resurslari orqali yetkaziladi.

“Ushbu xabar esa hech bir rasmiy manbalarda e’lon qilinmagani sababli haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi TIV xabarida. Shuningdek, vazirlik fuqarolardan asossiz xabarlarni tarqatmaslikni, ijtimoiy tarmoqlardagi biror ma’lumotni bo‘lishishdan oldin uni rasmiy manbalar orqali tekshirib ko‘rishni so‘ragan.

Avvalroq Tashqi ishlar vazirligi vakili xorijiy davlatlarda koronavirusga chalingan O‘zbekiston fuqarolarining sonini ma’lum qilgan hamda vatanga qaytish istagidagi fuqarolarning yangi ro‘yxati tuzilayotganini aytgan edi.

Mavzuga doir: TIV xorijdagi talabalar masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-04-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют