» » Samarqandda 63 yoshli otaxonga qo‘l ko‘targan mushtumzo‘r 2 oy ilgari ham qilmishi uchun qamalib chiqqani ma’lum bo‘ldi

Samarqandda 63 yoshli otaxonga qo‘l ko‘targan mushtumzo‘r 2 oy ilgari ham qilmishi uchun qamalib chiqqani ma’lum bo‘ldi


Samarqandda karantinda hod-dog tayyorlab bermagan 63 yoshli bozor qorovulini kaltaklagan fuqaro joriy yilning 2-fevral kuni ham mushtumzo‘rlik qilib, 5 sutkaga qamalib chiqqan. Bu haqda jurnalistik surishtiruv olib borgan “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev ma’lum qildi.

Samarqand shahar IIO FMB 2-son IIBning ma’lum qilishicha, Quyi Xo‘jasoat mahallasida yashovchi 1957-yilda tug‘ilgan fuqaro Husenali Murodov 2020-yilning 29-mart kuni tan jarohati olib, respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga murojaat qilgan.

IIBning voqeaga oydinlik kiritishicha, Sartepa maskanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro A.T. 29-mart kuni soat taxminan 02:00 atrofida Turkiston ko‘chasida joylashgan hod-dog tayyorlash shoxobchasiga borgan. Va tanishi Husenali Murodovdan hod-dog so‘ragan. 63 yoshli otaxon esa karantin sababli vaqtincha ishlamayotganligini bildirgan. Shundan so‘ng, fuqaro A.T. va H.Murodov o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. A.T. o‘zidan 31 yosh katta bo‘lgan Husenali Murodovni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

“Ertalab soat 04:00 atrofida darvoza taqilladi. O‘g‘lim tashqariga chiqib dadasini ko‘rib, meni chaqirdi. Yugurib chiqdim. Qarasam yiqilib yotgan ekan. Ko‘tarib uyga olib kirdik. Bir ahvolda, yelkasi singan va hamma joyi momataloq bo‘lib ketgan ekan”, — deydi jabrlanuvchi Husenali Murodovning turmush o‘rtog‘i Hikmat Ziyoyeva.

Og‘ir ahvolda yotgan jabrlanuvchi Husenali Murodov bilan holat yuzasidan suhbatlashish bir oz qiyin bo‘ldi.

“Voqea sodir bo‘lgan kuni A.T. mast edi. Hozir karantin sabab ishlamayapmiz, shuning uchun hod-dog qilib berolmayman deganimdan so‘ng meni urib ketdi. Birinchi do‘kon ichida urdi. ‘Podval’ga tushib ketishimga oz qoldi. Agar o‘sha yerga tushib ketganimda o‘lishim aniq edi. U yerdan qanday chiqqanimni o‘zim bilmayman. Tashqariga chiqqanimdan so‘ng, ortimdan kelib yana urishda davom etdi”, — deydi Husenali Murodov.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar IIO FMB 2-son IIBda mazkur voqea rasmiylashtirilgan. Fuqaro Husenali Murodovning olgan tan jarohatining og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

“Otam uyga kelganida quloqlari yirtilgan, yelkasi singan, ahvoli achinarli edi. Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilib shifoxonaga o‘zim olib bordim. Otamning aytishicha, qo‘lidan telefonini ham olib qo‘ygan. Do‘kon kalitini olib, ichgariga kirib narsalarni olib chiqib ketgan. Ichki ishlar xodimi ‘nima maqsadda urding’ deb so‘rasa ‘men stress holatda edim’ deyishdan nariga o‘tmayapti. IIB xodimlariga hech qanday e’tirozim yo‘q, albatta. Menga alam qilgani, otam jarohat olib bir ahvolda yotibdi. U esa bemalol yuribdi. Shu menga alam qildi. Otamning ahvolini ko‘rib chidolmaganimdan ommaviy axborot vositalariga murojaat qildim”, — deydi G‘ulom Murodov.

Hod-dog tayyorlab bermagani uchun 63 yoshli otaxonni urgan A.T.ning aytishicha, o‘sha kuni unashtirilgan qizi bilan telefonda tortishib qolgan. Shundan so‘ng, jahl bilan ko‘chaga chiqqanida shu voqea sodir bo‘lgan.

“Uydan asabiylashib chiqqan edim. Ko‘chaga chiqib gazli suv olaman deganimda shu do‘kon ochiq ekan. Kelganimda ‘hod-dog yo‘q’ dedi. Faqat ‘napitka’lar bor ekan. Qilgan ishimdan afsusdaman. O‘zimni bilmay qolganman. Voqeadan so‘ng uyga borib hol-ahvollarini so‘radim. Meni kechirishini so‘rayman. Men do‘konda pullar borligini bilmayman. Pullarni ko‘rganim yo‘q. Telefonimni topish maqsadida u kishining telefonini olib o‘zimning raqamimga qo‘ng‘iroq qilgandim. Kalitlarni esa eshiklarni yopish uchun olganman”, — deydi A.T.

Jurnalistik surishtiruv davomida A.T. joriy yilning 2-fevral kuni spirtli ichimlik iste’mol qilib xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etgani, qolaversa, IIB xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganligi sababli Samarqand shahar Ma’muriy sudining qaroriga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosigi ham o‘taganligi ma’lum bo‘ldi.

Tun yarmida karantin qoidalarini buzib, keksa odamni kaltaklagan A.T.ning xatti-harakatlari yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Samarqandda karantin sabab xo‘randaga hot-dog tayyorlab bermagan 63 yoshli fuqaro kaltaklandi. IIB holatga e’tibor bermayotgani aytilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют