» » O‘zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi? O‘zgidromet javob berdi

O‘zbekistonda aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi? O‘zgidromet javob berdi


O‘zbekistonda 8—9-aprel kunlari havo harorati keskin pasayib, respublikaning aksariyat hududlarida yomg‘ir va qor yog‘di. O‘zgidromet havo haroratining bunday o‘zgarishiga izoh berdi va aprel oyida qanday ob-havo kuzatilishini haqida ma’lumot berdi.

O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, 7-aprel kuni respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘di, 8-aprel kuni yomg‘ir kuchaygan bo‘lsa, 9-aprelga o‘tar kechasi va kunduzi mamlakatning aksariyat qismida yomg‘ir qorga aylandi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmagan.

Qayd etilishicha, respublikaning ba’zi hududlarida shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida esa soniyasiga 25 metrgacha kuchaygan.

Havo harorati 8-aprel kuni kunduzi +3… +8 darajagacha, 9-aprelga o‘tar kechasi esa 0…+3 darajagacha, ba’zi joylarda esa -2… -1 darajagacha tushgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston FVV havo sovishi sababli aholiga ogohlantirish bilan chiqdi

Respublikaning markaziy va janubiy viloyatlarida yog‘gan qordan keyin balandligi 2—8 santimetr, ayrim joylarda 10—20 santimetrgacha bo‘lgan beqaror qor qatlami yuzaga kelgan. Toshkentda 9-aprel kuni qor qalinligi 15 santimetrni tashkil qilgan.

Respublikada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik, shamol va haroratning keskin pasayishi Rossiyaning Yevropa hududi bo‘ylab hosil bo‘lgan sovuq va nam havo massasining Volgabo‘yi orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelishi sababli kuzatilgan.

O‘zgidrometning qayd etishicha, aprel oyidagi qor yog‘ishi va qor qoplamining paydo bo‘lishi O‘zbekiston iqlimi uchun juda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. Oxirgi marta bunday holat 2014-yilda kuzatilgan, ammo o‘shanda qor kamroq yog‘gan. Toshkentda qor balandligi atigi 2 santimetrga yetgan.

Mavzuga doir: Bahorning ikkinchi oyida Toshkentda yog‘gan qor – suratlarda

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, aprel oyida 4-5 yilda bir marta, ayniqsa uning birinchi yarmida qisqa muddatga yomg‘irning qorga aylanishi kuzatiladi va bunda qor qoplamlari hosil bo‘lmaydi.

O‘zgidromet vakilining ma’lum qilishicha, butun kuzatuvlar davomida Toshkentda eng kech qor yog‘ishi hodisasi 1989-yilning 30-aprelida qayd etilgan. Mazkur qor yog‘ishi va may oyining dastlabki kunlarida kuzatilgan sovuq turli xil qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, aprel oyida ob-havo juda o‘zgaruvchan bo‘ladi, ammo joriy yilning aprel oyida yuqoridagi kabi jarayonning takrorlanishi ehtimoli ham. Yaqin kunlarda harorat keskin ko‘tarila boshlaydi va nisbatan iliqroq yomg‘irlar kuzatiladi.

Yog‘ingarchilik vaqtidagi kuchli shamolning yuzaga kelishiga havo oqimlari hududidagi yer yuzasida atmosfera bosimining keskin o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Antitsiklon o‘tayotgan vaqtda havo oqimi bosim yuqori bo‘lgan hududdan bosim past bo‘lgan hududga yo‘naladi.

Avvalroq O‘zbekistonda kuchli shamol oqibatida kamida 63 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgani hamda aprel qori Toshkent ko‘chalarini qulagan daraxtlarga to‘ldirgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют