» » Buyuk Britaniyada chiqindi “paket”larini kiyib ishlagan hamshiralar koronavirus yuqtirib oldi

Buyuk Britaniyada chiqindi “paket”larini kiyib ishlagan hamshiralar koronavirus yuqtirib oldi


Buyuk Britaniyada maxsus himoya kostyumlari yetmagani sabab chiqindi “paket”larini kiyishga majbur bo‘lgan uch nafar hamshira koronavirusga chalindi, deb xabar beradi The Telegraph.

Nashr London shimoli-g‘arbidagi The Northwick Park gospitalining chiqindi “paket”larni boshi va oyoqlariga kiyib olgan tibbiyot personali vakillari tasvirlangan surat haqida ma’lumot bergan. Hamshiralar koronavirus yuqtirib olgani to‘g‘risidagi xabarni tibbiyot muassasasining vakili tasdiqlagan.

Hamshiralar ishlaydigan ushbu gospital mart oyida — yangi virus bilan kasallanganlar soni keskin o‘sishi kuzatilgan vaqtida Buyuk Britaniyada birinchi bo‘lib tibbiyot jihozlari yetishmovchiligi haqida ma’lum qilgan edi. Shuningdek, ta’kidlanishicha, shifoxona rahbariyati o‘z xodimlariga tibbiy niqoblar, bosh kiyim va fartuklarni yetkazib bera olmagan.

Mavzuga doir: Britaniyalik hamshira ko‘zlarida yosh bilan aholiga videomurojaat yo‘lladi

Avvalroq Nyu-Yorkda xalatlar yetmagan shifokorlar chiqindi “paket”larini kiyishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют