» » Nyu-Yorkda xalatlar yetmagan shifokorlar chiqindi “paket”larini kiyishga to‘g‘ri kelishi mumkin

Nyu-Yorkda xalatlar yetmagan shifokorlar chiqindi “paket”larini kiyishga to‘g‘ri kelishi mumkin


Nyu-Yorkda koronavirusga chalinganlarni davolayotgan shifokorlar jarrohlik xalatlari o‘rniga yomg‘irpo‘sh va chiqindi uchun “paket”larni kiyishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda “RBK” CNN’ga tayanib. Bu haqda Nyu-Yorkning Bruklin tumanidagi SUNY Downstate tibbiyot markazi bosh shifokori Ueyn Rayli ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, ushbu markazda maxsus tibbiy xalatlar zaxirasi 1,5 kunga yetadi xolos. Ular davlatning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashini kuta olmasliklari sababli topqirlik qilib buning chorasini ko‘rishga harakat qilmoqda.

“Barchamiz davlat zaxiralari tugaganidan xabardormiz. Shu sababli vaziyatga ijodiy yondashmoqchimiz”, — degan Ueyn Rayli.

Ayni paytda Nyu-York AQShda koronavirus tarqalishining o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda. Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda shaharda koronavirusga chalinganlar soni 114 mingdan, vafot etganlar soni 3,5 mingdan oshib ketgan.

Avvalroq Nyu-Yorkning Bruklin tumanida joriy haftada ikki o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют