» » Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 850 ming kishidan oshdi

Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 850 ming kishidan oshdi


Virus tarqalishini real vaqt rejimida kuzatib boruvchi Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 859 mingdan, vafot etganlar esa 42,3 ming kishidan oshib ketdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa koronavirus bilan kasallanganlar sonini 750 mingdan oshdi, deya bermoqda. Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab virus oqibatida vafot etganlar soni 36 mingga yetgan.

Kasallar soni bo‘yicha AQSh — birinchi (qariyb 190 ming), Italiya— ikkinchi o‘rinda (105 ming bemor) ketmoqda. Ulardan keyin 95 ming nafar koronavirusga chalinganlar bilan Ispaniya o‘rin olgan.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 173 kishiga yetdi. Virus mamlakatga kirib kelganidan beri ikki kishi bu kasallik oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют