» » Toyota ayollar uchun maxsus avtomobil ishlab chiqardi

Toyota ayollar uchun maxsus avtomobil ishlab chiqardi


Yaponiyada Toyota Passo Moda Charm — ayollar uchun mo‘ljallangan shahar xetchbekining maxsus versiyasi sotuvga chiqdi. Maxsus seriali avtomobillar Juicy Pink Metallic rangida taqdim etilib, standart modeldan interyerining jihozlanishi bilan farq qiladi, deb xabar beradi Motor.

Passo Moda Charm modeli o‘rindiqlari turli ranglar uyg‘unligidagi sun’iy charm bilan qoplangan va haydovchi o‘rindig‘iga isitish tizimi o‘rnatilgan. Mashina nafaqat pushti, balki jigarrang, oq, yashil va qizil ranglarda ham ishlab chiqariladi.

Xetchbekni 69 ot kuchiga ega 1,0 litrli uch silindrli atmosfera dvigateli variator bilan birgalikda harakatga keltiradi.

Toyota Passo Moda Charm’ning narxi 1 617 000 iyenadan (13 ming dollar) boshlanadi.

Mavzuga doir: Toyota Land Cruiser’ning xitoycha nusxasi originalidan ham hashamatli bo‘lib chiqdi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют