» » BMT bosh kotibi Liviyada to‘laqonli qurolli nizo boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi

BMT bosh kotibi Liviyada to‘laqonli qurolli nizo boshlanishi mumkinligidan ogohlantirdi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish tashkilot Xavfsizlik kengashining Liviyada davom etayotgan siyosiy inqiroz harbiy miqyosda kuchayayotgani haqidagi hisobotidan so‘ng mamlakatda to‘laqonli qurolli nizo boshlanishi xavfidan ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

BMT bosh kotibining qayd etishicha, IShID terrorchilik tashkiloti Liviya hududlarini ortiq nazorat qilmayapti, biroq uning jangarilari mamlakatning turli hududlariga uyushtirilayotgan hujumlarda qatnashishda davom etmoqda.

Bundan tashqari, janob Guterrish Liviyadagi inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan “chuqur xavotir” bildirib, Liviyadagi nizolashayotgan tomonlarni imkon qadar tezroq kelishmovchiliklarni bartaraf etishga chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (15-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют