» » Avstraliyalik olimlar koronavirusni 48 soatda bartaraf etuvchi dorini sinovdan o‘tkazayotgani ma’lum qildi

Avstraliyalik olimlar koronavirusni 48 soatda bartaraf etuvchi dorini sinovdan o‘tkazayotgani ma’lum qildi


Parazitlarga qarshi ivermektin dori vositasi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlarni davolashda samarali bo‘lishi mumkin. Bu haqda Avstraliyaning Monash universiteti va Melbrundagi Qirollik shifoxonasi olimlari tomonidan taqdim etilgan hisobotda keltirilgan. Tadqiqot natijalari Antiviral Research tibbiyot jurnalida e’lon qilingan.

Mazkur dori vositasi infeksiyalangan hujayradagi koronavirus tarkibini 48 soat ichida deyarli 5 ming marta kamaytiradi.

Ivermektin inyeksiyasi SARS-CoV-2 hujayralariga ikki soat farq bilan yuborilgan. Oradan 24 soat o‘tgacha, virusli RNKlar soni 93 foizga kamaygan, 48 soatdan so‘ng esa — ushbu ko‘rsatkich 99 foizdan oshgan. Ushbu dori vositasidan 1980-yillarda qichima, pedikulyoz va gelmintozlarga qarshi qo‘llanilgan.

Avvalroq AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga yordam so‘rab murojaat qilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

8-aprel kuni JSST rahbari koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish jarayoni jadallashganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Pentagon koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga kirishgan, futbol yulduzlari Drogba va Eto’O koronavirusga qarshi vaksinani Afrikada sinab ko‘rishni tavsiya qilganlarni tanqid qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют