» » Dunyodagi eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi

Dunyodagi eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi


World Car of the Year (WCOTY) tanlovi Kia Telluride krossoverini 2020-yilning eng yaxshi avtomobili deya topdi. Qisqa ro‘yxatdan, shuningdek, Mazda’ning ikkita modeli — CX-30 va Mazda3 ham o‘rin olgan edi, deb xabar beradi Motor.

Kia va Mazda ikkinchi darajali nominatsiyalarda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Masalan, Kia Soul EV elektrokari “Yilning shahar avtomobili” deya topilgan bo‘lsa, Mazda3 eng yaxshi dizayn bo‘yicha mukofotni qo‘lga kiritdi. O‘z navbatida Porsche Taycan ikkita mukofotni qo‘lga kiritdi — “Yilning mukofotga loyiq avtomobili” va “Yil sportkari”.

Kia Telluride krossoveri barcha davlatlarda ham sotuvga chiqmagan. O‘lchamlari bo‘yicha Mohave’nida ortda qoldiruvchi krossover o‘tgan yilning boshida taqdim etilgandi. Mashina 295 ot kuchiga ega 3,8 litrli atmosfera dvigateli yordamida harakatga keladi.

World Car of the Year—2020 tanlovi natijalari Nyu-York avtosaloni doirasida e’lon qilinishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab ko‘rgazma avgustga qoldirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda “Yil avtomobili” nomi Jaguar I-Pace elektromobiliga nasib etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 83) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют