» » Volvo XC60 krossoveri “Jahon yil avtomobili” tanlovida g‘olib bo‘ldi

Volvo XC60 krossoveri “Jahon yil avtomobili” tanlovida g‘olib bo‘ldi


Nyu-York avtosalonida “Jahon yil avtomobili” tanlovi g‘olibi e’lon qilindi, deb yozadi “Motor”. Mukofot tarixida ilk marta birinchi o‘rin Volvo modeli — XC60 krossoveriga nasib qildi.

XC60 dunyodagi eng yaxshi mashina nomi uchun Mazda CX-5 va Range Rover Velar bilan kurash olib bordi. Britaniya yo‘ltanlamasi eng yaxshi dizayn bo‘yicha boshqa mukofotni qo‘lga kiritdi.

“Premium avtomobil”, “Sportkar”, “Shahar avtomobili” va “‘Yashil’ avtomobil” yo‘nalishlarida g‘oliblikni tegishli ravishda Audi A8, BMW M5, Volkswagen Polo va Nissan Leaf qo‘lga kiritdi.

2017-yilda “Jahon yil avtomobili” Jaguar F-Pace, 2016-yilda esa Mazda MX-5 bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют